Sizning biznesingiz uchun yuridik xizmatlar

Biz O‘zbekiston Respublikasidagi biznes,
tadbirkor va investorlarga professional yuridik xizmatlar ko‘rsatamiz

Bizning xizmatlarimiz

Biz O‘zbekiston Respublikasida bizneslar, tadbirkorlar va investorlarga yuridik xizmatlarning to‘liq to‘plamini taklif etamiz

Yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazishda yuridik yordam

Tashkiliy-huquqiy shakl korxonani boshqarish usulini, mas’uliyat sohalarini, bitimlar tuzish usulini va tashkilot ishining boshqa muhim jihatlarini...
  • Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shaklini tanlashda maslahat berish;
  • Mas'uliyati cheklangan jamiyatlarni (MChJ), shu jumladan xorijiy (MChJ XK) va/yoki qo‘shma korxonalarni (MChJ QK) ro‘yxatdan o‘tkazishda yuridik yordam ko‘rsatish;
Batafsil

Yuridik audit

Yuridik audit - bu normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzilishini aniqlash va bartaraf etish maqsadida kompaniyaning yuridik faoliyatini tizimli...
  • Kompaniya hujjatlari va faoliyatining normativ-huquqiy hujjatlar talablarga muvofiqligini tekshirish;
  • Huquqbuzarliklarni aniqlash va xavflarni baholash, normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzilish sabablarini aniqlash;
Batafsil

Sudlarda yuridik shaxslarning manfaatlarini himoya qilish va nizolarni hal etish

Sud ish yurituvi jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, adolatni ta’minlash va jamiyatda qonun ustuvorligini...
  • Nizolarni sudgacha/suddan tashqari hal etish;
  • Nizolarni xo‘jalik sudlarida hal etishda yuridik yordam ko‘rsatish;
Batafsil

Yuridik autsorsing

Yuridik autsorsing - bu kompaniyaning yuridik xizmatlari funktsiyalarini yuridik xizmatlar ko‘rsatuvchi uchinchi shaxsga o‘tkazish.
  • Amaldagi qonun hujjatlarini qo'llash bo'yicha maslahatlar berish;
  • Kompaniyalarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, qo‘shilish va qo‘shib olish va hokazolar bilan bog‘liq masalalarda yuridik yordam ko‘rsatish;
Batafsil

Shartnomaviy ish

Shartnomaviy ish - bitim taraflari o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, q‘llab-quvvatlash va yakunlash jarayoni.
  • Xo‘jalik shartnomalarini ishlab chiqish, o‘zgartirish yoki yuridik tahlil qilish;
  • Import/eksport shartnomalarini ishlab chiqish, o‘zgartirish yoki yuridik tahlil qilish;
Batafsil

Investitsion loyihalarni yuridik q‘llab-quvvatlash

Bunday qo‘llab-quvvatlashdan ko‘zlangan asosiy maqsad investorlar manfaatlarining huquqiy himoyasini ta’minlash va investisiya loyihalarini...
  • Qo‘llaniladigan qonunchilikni tahlil qilish;
  • Shartnomalar loyihalarini tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazish;
Batafsil

Siz oladigan natijalar

Hozirgi vaziyatni tushunish

Biz mavjud vaziyatning yuridik tahlilini o‘tkazamiz, shundan so‘ng siz yo‘l qo‘yilgan xatolar, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar va qonuniy huquq va majburiyatlaringiz haqida bilib olasiz.

Yuridik xavflarni minimallashtirish

Biz sizga yuridik xavflaringizni kamaytirish va minimallashtirishga yordam beramiz.

Yuridik himoyaga ishonch

Biz sizga ko‘rsatadigan qonunning tegishli qoidalariga asoslanib, harakatlaringizning qonuniyligiga ishonchingiz komil bo‘ladi.

Bizning afzalliklarimiz

 
Shaxsiylashtirilgan yondashuv
Biz har bir holat noyob ekanligini tushunamiz, shuning uchun biz har bir mijozga alohida e’tibor qaratamiz, ularning noyob ehtiyojlarini batafsil tahlil qilamiz, strategiya va echimlarni muayyan vaziyatlarga moslashtiramiz.
Proaktivlik va strategik fikrlash
Biz yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan aniqlashga va profilaktika choralarini taklif qilishga, shuningdek, biznesning o‘sishi va rivojlanishiga yordam beradigan uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqishga harakat qilamiz.
Mijozlarga e’tibor va sifatli xizmat ko‘rsatish
Biz mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini, jumladan, so‘rovlarga tezkor javob berish, ishlar haqida yangilikar va hisobotlarni muntazam taqdim etishga harakat qilamiz.

Biz haqimizda

Habibullayev Asliddin
Yurist, advokat, iqtisodchi.
Asliddin avlodidagi ikkinchi yurist va “BUSINESS LEGAL SERVICES” advokatlik byurosining asoschisi.
Ta’lim:

Bakalavr – Toshkent davlat yuridik universiteti. O‘quv dasturi - Xususiy huquq;

Bakalavr - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. O‘quv dasturi - Iqtisodiyot;

Magistr – Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti. O‘quv dasturi - Xalqaro tijorat huquqi.

Tajriba:
advokatlik firmalarida;
sug’urta tashkilotida;
bankda;
xalqaro konsalting kompaniyasida ish tajribasiga ega.
Mutaxassisligi:
korporativ huquq, nizolarni hal etish, loyihalarni yuridik qo‘llab-quvvatlash.
Ish tillari:
o‘zbek, rus, ingliz.

Biz bilan aloqa

 

Telefon raqam
Elektron manzil
Manzil
O'zbekiston Respublikasi, 100060, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Salar MFY, Nukus 1-tor ko‘chasi, 4-uy